Rektorning kirish so'zi

 Aziz va muhtaram institutimiz jamoasi, hurmatli Ustozlar, qadrli hamkasb do‘stlar, aziz talabalar, bitiruvchilar va mehmonlar!      

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutning elektron hayoti veb-saytiga

xush kelibsiz!

Muhtaram Prezientimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning takliflari bilan 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. Bu yangi yilda ta’lim tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, ilm fan va ishlab chiqarishning uyg‘unligini ta’minlashda yangi texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va joriy qilishni dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda.

Global axborot asrida yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan saqlash, ularning mediaimmunitetini shakllantirish va rivojlantirish, taxdidbardosh jamiyat barpo etishda media vositalarining ahamiyati baholab bo‘lmas darajada oshib bormoqda. Bu masalan davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bunga Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham to‘xtalib o‘tildi, O‘zbekistonda joriy yilda internet tezligini 2,5 baravar oshirish bo‘yicha ish olib borilishi ta’kidlandi.

Yangi davr institutimiz sayti faoliyatini tubdan qayta tashkil etishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu yo‘nalishdagi  ishlarimizni belgilab, qisqacha shuni qayd etishni istardim. Avvalo, TIQXMMIning axborot faoliyatini kengaytirish, institutning yagona kommunikatsion muhitini yaratish, institutning O‘zbekistonda va global axborot maydonida o‘z nufuziga ega bo‘lishini ta’minlanlash, korporotiv madaniyat yaratish kabi muhim vazifalarni bajarish yo‘lida ishlashimiz talab etiladi.

Institutimiz ta’lim tizimida innovatsion g‘oyalar va elektron ta’lim resurslarini to‘ldirib borish, muvofiqlashtirish va ularni muntazam ravishda saytga joylashtirib borish, muvofiqlashtirish va ularni muntazam ravishda saytga joylashtirib borish ishlari olib borilmoqda.

Institutimizda ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda elektron darsliklarning yangi avlodini yaratish, masofaviy ta’lim tizimini kengaytirish, boyitish muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqib, bu yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada takomillashtirish talab etilmoqda.

Institutning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro elektron aloqalarni tubdan qayta tashkil etishimiz zarur. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, yosh olimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular tomonidan innovatsion g‘oyalar va loyihalarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish faoliyatimizdagi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerak. Buning uchun institut saytida maxsus rubrika ochib, unda yosh olimlar va talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion g‘oyalar va takliflarni tezkor o‘rganish, targ‘ib qilish, tizimli tahlil qilinib ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur.

Institut saytida O‘zbekistonda va xalqaro maydonda ta’lim sohasida yuz bergan yangiliklar tezkor joylashtirilishi, institutimizning xalqaro aloqalariga, xorijdagi hamkorlarimizning ta’lim sohasidagi yutuqlariga taalluqli xabarlar muntazam yoritib borilishini tizimli yo‘lga qo‘yishimiz o‘ta muhimdir.

Institut hayotida oid muxim yangiliklar, qiziqarli xabarlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini tezkor yoritishga ham saytda e’tibor qaratishimiz zarur. Bu ishlar talaba yoshlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib hamda talabalarning ilmiy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ma’naviy-ruxiy olamini boyitishga yo‘naltirilgan tarzda bo‘lishiga, erishish zarur.

Institut saytini yangi rubrikalar bilan kengaytirish ham zamon talabidir. Institutning har bir fakulteti va kafedrasida elektron ahborot resurs markazi bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda ishlashi talab etiladi.

Oldimizda turgan vazifalarni bajarishda sizga g‘ayrat, kuch-quvvat tilayman. Institutimizda ilg‘or texnalogiyalarga asoslangan yangi innovatsion muxim yaratishda, ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatimizda hamkorligimiz uzoq yillar davom etidi va samarali bo‘ladi deb  umid qilaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik va hotirjamlik, ilmiy-pedagogik va faoliyatlaringizda yangi yutuqlar doimo hamrohingiz bo‘lishini tilab qolaman.